Ma’rifat
1 / 06 / 2023
“Bizga ikki turli kishi kerak. Biri diniy ilmlarni falsafalari ila komi
bilaturgʻon zotlar, ikkinchisi dunyoviy ilm ila hunarlarni yaxshi bilgan
ziyolilar”.
(Mahmudxo‘ja Behbudiy)
Ma’rifat
1 / 06 / 2023
Bugun professional ta’lim muassasalarida kasb va mutaxassislik egallash istagidagi 4 mingdan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. 1300 nafari bizning Toshkent viloyati Bekobod shahar kasb-hunar maktabi yoshlari.
Ma’rifat
31 / 05 / 2023
Boshlang‘ich sinfdan tortib, bitiruvchi sinf o‘quvchilarigacha yoshi va mediaiste’moli o‘ziga xosligini inobatga olgan holda fanlar mazmunida, turli tadbir va to‘garaklarda raqamli olam, undagi xavflar, global tarmoqning foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilishi kerak. Nisbatan murakkab va spetsifik bo‘lgan bu qoidalarni bolalarga o‘rgatish ma’lumotlarni sodda va tushunarli tilda, misollar yordamida, o‘yin yoki muammoli ta’lim metodologiyasiga ko‘ra olib borilishi mumkin.
Ma’rifat
29 / 05 / 2023
Nurota kashtalari asosan “bosma” uslubi bilan tikiladi va naqshlarning (gullarning) cheti (zanjircha) ya’ni, zanjirsimon uslub bilan aylantiriladi. Kashta ranglarida och va yumshoq nim bo‘yoqlar uyg‘unlashgan.
Ma’rifat
29 / 05 / 2023
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida butun respublikamiz hududlaridan kelgan "Zakovat" intellektual klubining 60 dan ziyod eng sara kuchli jamolari o‘rtasida TXVU Rektori kubogi uchun qizg‘in bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat
27 / 05 / 2023
2023-yil 23-may kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi tashabbusi bilan Sergeli tumanidagi 317-sonli umumta’lim maktabida tuman maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan ish beruvchilar va kasaba uyushma qo‘mita raislari ishtirokida “Yangi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati hamda 2023-yil umumxalq Referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiyamizdagi o‘zgarish va qo‘shimchalar”ga bag‘ishlangan navbatdagi amaliy seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat
25 / 05 / 2023
Nurafshon shahridagi 48-maktabni 121 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda. Ularning 1 nafari maktabni oltin va 6 nafari a'lo darajali shahodatnoma bilan tugatdi.
Ma’rifat
25 / 05 / 2023
Oʼquv yili boshidan beri “Yosh qalamkash” toʼgaragi mashgʼulotlariga doimiy qatnashib kelmoqdamiz. Toʼgarak rahbari bizni poytaxtimizning turli koʼngilochar maskanlariga olib borib, fikrlash doiramizni kengaytirib kelayotganidan mamnunmiz. Turli qiziqarli mavzudagi nazariy mashgʼulotlar tufayli dunyoqarashimiz ancha boyidi.
Yaqinda ustoz bizni Oʼzbekiston fanlar akademiyasi tasarrufidagi “Botanika” bogʼiga sayohatga olib bordilar.
Ma’rifat
24 / 05 / 2023
Qadrli farzandlarim! Avvalo, mana shu quvonchli ayyomda yetuklik shahodatnomasini qo‘lga olib, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ma’rifat
24 / 05 / 2023
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi A. Cho‘lpon kutubxonasida Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan, “Mening kimligimni el bilsa bo‘ldi” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat
24 / 05 / 2023
Bugunda inson qadri ulug‘ligiga, insonparvarlikka asoslangan demokratik tamoyilning xalqimiz hayotiga tobora chuqurroq kirib borayotganligining guvohi bo‘lyapmiz. Ya’ni “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili har jabhada sezilib, mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Har bir yurt fuqarosining tub manfaatlariga hurmat bajo keltirish — adolatli yondashuv tufayli vatandoshlarimizning, nafaqat, yashash sifati, balki dunyoqarashi ham o‘zgarib, daxldorlik tuyg‘usi, Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga bo‘lgan shaxsiy mas’ullik milliy mas’ullikka aylanmoqda. Aholi ruhiyatidagi bunday ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish orqali...
Ma’rifat
24 / 05 / 2023
Muammo. Butun insoniyat tafakkuri, saviyasi va salohiyati shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda mamlakatimizda avlodlar almashinuvi natijasida yetishib kelayotgan yosh avlod misolida xalqimizning tafakkuri, aqliy va ma’naviy salohiyati yildan-yilga pasayib, umumiy saviyasi tushib bormoqda. Bu yangi O‘zbekiston istiqboli, millatimiz uchun katta xavf sifatida yuzaga chiqayotir. Agar uning oldi olinmasa, mamlakatimiz yuz yillar davomida tuzatib bo‘lmaydigan fojialar girdobida qoladi.
Ma’rifat
23 / 05 / 2023
Zamon shiddat bilan rivojlanib, bugungi kunda hayotimizni sun’iy intellekt yordamisiz tasavvur qilishimiz qiyinlashdi. Ular yordamidan nafaqat ishlab chiqarish, sanoat sohasi, balki ta’limda ham o‘rinli foydalanish kishilarning vaqt taqsimoti hamda ilmiy salohiyatini jahon standartlariga tezroq moslashtirishda qulay imkon yaratmoqda. Xuddi shu ma’noda joriy yilning 23-may kuni “Sun’iy intеllеkt rivojlanishi davrida inklyuziv ta’lim, amaliy tadqiqotlar va aniq baholash mеzonlari” mavzusida Toshkеnt shahridagi Xalqaro Vеstminstеr univеrsitеtida (TXVU) ta’lim simpoziumi o‘tkazildi. Jarayon o‘z doirasida 100 dan...
Ma’rifat
23 / 05 / 2023
Kaliforniyada yashaydigan nеvaramning boshlang‘ich maktab 4-sinfida o‘qishini kuzatar ekanman, u yеrdagi ta’limning yana ikkita muhim, o‘rnak olsa bo‘ladigan jihatlarini bayon qilmoqchiman (“Ma’rifat” gazеtasining 2023-yil 11-yanvar sonida chop etilgan “Sifatli ta’lim...” nomli maqolamdagi fikrlarga qo‘shimcha sifatida). Birinchisi, o‘quvchi-larga badiiy kitob, jurnallarni, umuman darslikdan tashqari bilim manbalarini o‘qishga qulay, zamonaviy imkoniyat yaratilgani. Ikkinchisi, boshlang‘ich maktablarda ta’lim tizimini obyеktiv baholash mеzonlari va uning uslublari haqida.
Ma’rifat
22 / 05 / 2023
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia – 2023”: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasi, “Kitob va mutolaa – jamiyat taraqqiyotining strategik resursi” mavzusida II forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.