E'TIBORSIZLIK QIMMATGA TUSHMASIN
Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda qayta ta'mirlash jarayonlarida ba'zan e'tiborsizlik tufayli yong‘in xavfsizligi qoidalariga talab darajasida rioya qilinmaydi. Bu esa juda xavfli bo‘lib, kutilmagan paytda yong‘in sodir bo‘lishiga yoki boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday qurilish yoki rekonstruksiya qilish ishlarini boshlashdan oldin qurilish ob'ektlari uchun ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarida qurilish jarayonlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar belgilanadi.
Qurilish jarayonlarida eng katta xavf keltirishi mumkin bo‘lgan holatlardan biri – ochiq holatdagi nosoz elektr simlari va qabellaridan foydalanish bo‘lib, bular kutilmagan baxtsiz hodisalarni sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Qurilish ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan norma talablari bajarilishi, vaqtincha suv ta'minoti, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarini shay qilib qo‘yish, bino va inshootlarda ishlatiladigan yog‘och materiallariga yonish xususiyatini pasaytiruvchi kimyoviy suyuqliklar bilan ishlov berish talab darajasida amalga oshirilishi lozim. Bu albatta yong‘in xavfsizligini ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Azizbek ABDURAHMONOV,Toshkent shahar FVB O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatiga qarashli binolarida YXTTEB mutaxassisi, katta serjant.
Abdulaxad UTAULOV, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi Turkiston saroiyi YXTTEB mutaxassisi, katta serjant.