QURILISHDA YONG‘INDAN HIMOYALANISH
Tajribadan ma'lumki, joylarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish chog‘ida ular tomonidan bildirilgan e'tirozlar ba'zan tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Xonalarni turli yog‘och-taxta konstruksiyalar bilan bo‘lish, to‘sish kabilar yong‘in xavfsizligi me'yorlarga ziddir.
Qurilish konstruksiyalarini yong‘indan himoyalash bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligini ta'minlashning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Xalq xo‘jaligi maskanlarinnig yong‘in xavfsizligi holatini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarning ko‘lami anchayin keng. U loyihalashtirish, shahar va aholi turar joylarini qurish, turli sohalarga mo‘ljallangan binolarning yong‘in xavfsizligi holatini ta'minlash, konstruksiyalar, qurilish materiallari, muhandislik qurilmalari, qabul qilish va foydalanishgan topshirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘indan himoyalash atamasi asosan yong‘inga chidamli materiallarga nisbatan ishlatiladi. Bunda ko‘proq metall va yog‘och konstruksiyalar, yengil to‘siqlar nazarda tutiladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsa, ko‘p hollarda aynan bir maqsadga mo‘ljallanib qurilgan (masalan, do‘kon va boshqa maishiy binolar) binolardan keyinchalik boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Aytaylik, do‘kon qurilishiga oid me'yor talablari asosida qurilgan bino dorixonaga aylantiriladi. Holbuki, dorixonalar uchun me'yor qoidalari birmuncha bo‘lakcha. Bunda yetishmagan xonalarning o‘rnini to‘ldiriish uchun xonalarga loyihalar ko‘rsatilmagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilmagan holda to‘siqlar o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olinadi. Bu holda konstruksiyalaring olovga bardoshlilik darajasi o‘z-o‘zidan ikkinchi darajaga tushib qoladi, chunki birinchi navbatda xonalar sonini ko‘paytirish maqsadi turadi.
Shavkat UMAROV, O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi ishlar vazirligi binosini YXTTEB mutaxassasi, katta sеrjant.
Aziz ABIDOV, Toshkеnt shahar FVB O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlis Sеnatiga qarashli binolarida YXTTEB inspеktori, kapitan.