Oʻqituvchining haq-huquqi himoya qilindi
Sotilgan sifatsiz mahsulotni qaytarib olishdan bosh tortish sotuvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan asosiy qonunbuzarliklardan biridir.
Qamashi tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi 61-maktab oʻqituvchisi J. Rahmonov ariza bilan murojaat qildi.
Unda qayd etilishicha, yakka tartibdagi tadbirkor Erkin Luqmonovga qarashli savdo doʻkonidan 1 780 000 soʻmga sotib olingan, “Artel” firmasida ishlab chiqarilgan “Milagro” rusumli gaz plitasi nosoz chiqqan. Sotuvchi esa uni boshqa sifatlisiga almashtirib berishdan bosh tortgan, deb xabar bermoqda www.xs.uz sayti.
Mazkur murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganildi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga koʻra, sifatsiz gaz plitasi shu rusumdagi sifatli gaz plitasiga almashtirib berildi.