Xalq ta’limi vazirligi xodimlari uchta maktabga kitob sovg‘a qildi
Xalq ta’limi vazirligi xodimlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda Toshkentdagi uchta umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga kitob taqdim etdi, deb xabar berdivazirlik axborot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 19-mart kuni yurtboshimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish, shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama etilgan edi.
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasida “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deya ta’kidlagandi.
Vazirlikning markaziy apparat xodimlari mazkur tashabbus doirasida poytaxtimizdagi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari ham tahsil olayotgan 58-, 80- va 128-sonli maktablar kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildi.