Qorako‘ldagi 1-IDUMI negizida Xalqaro matematika maktabi tashkil etiladi
Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi matematika bo‘yicha mashhur 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati negizida Xalqaro matematika maktabi tuziladi.
Mazkur tashabbusni 30-mart kuni Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan va mutasaddilarga topshiriq bergan. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z Facebook sahifasida xabar berdi.
“Ushbu maktab salohiyatini yanada kuchaytirish maqsadida prezidentimizdan uning negizida Xalqaro matematika maktabini tuzish bo‘yicha tashabbus bo‘ldi”, – deydi vazir
Shuningdek, yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklaridagi xalqaro maktablar tajribasini o‘rganish va yana bir shunday maktabni Buxoroda tashkil etish bo‘yicha ham topshiriq bergan.