Xalq ta’limi tizimi rahbarlari qaysi kitobni o‘qidi, o‘qiydi va tavsiya etadi?
Mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish targ‘iboti doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahri, barcha viloyat xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarining eng sevimli asari hamda ayni paytda o‘qiyotgan kitobi ro‘yxatini shakllantirdik.
Bundan maqsad mushtariylarimizni xalq ta’limi tizimi rahbarlarining sevimli kitoblari bilan tanishtirish va o‘quvchi-yoshlarni mutolaaga qiziqtirish.
“Xalq ta’limi tizimi rahbarlari: qaysi kitobni o‘qidi, o‘qiydi va tavsiya etadi?” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri va viloyatlar boshqarma boshliqlariga bog‘langanimizda, ular xizmat safari va turli tadbirlarda bo‘lishiga qaramay, savollarimizga o‘z vaqtida javob qaytardi. Umid qilamizki, hududiy xalq ta’limi tizimi rahbarlarining mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kitoblari Sizga ham manzur keladi.
So‘rovnoma savollari:
1. Eng sevib o‘qigan asari.
2. Ayni vaqtda o‘qiyotgan kitobi.
3. Maktab o‘quvchilariga tavsiya etgan adabiyoti.
Marhamat, javoblar bilan tanishing.
Amanjo‘l Ayapov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri:
1. Kengesbay Karimov. “Og‘abiy”.
2. Karamatdin Sultonov. “Oqdaryo”.
3. Qalli Ayimbetov. “Xaliq danalig‘i”.
Furqatjon Buzrukov, Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Amir Temur. “Temur tuzuklari”.
2. Kaykovus. “Qobusnoma”.
3. G‘afur G‘ulom. “Shum bola”.
Amrullo Safarov, Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. O‘tkir Hoshimov. “Nur borki, soya bor”.
2. Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron — Jahongir Temur”.
3. Ernest Seton-Tompson. “Yovvoyi yo‘rg‘a”.
Ma’rufjon Turdimatov, Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”.
2. Harold Latb. “Bobur — yo‘lbars”.
3. To‘plam. “Sharq hikoyatlari va rivoyatlari”.
Erkin Avvalboyev, Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”.
2. Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron — Jahongir Temur”.
3. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”.
Vahobjon Rajapov, Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Yashar Yujel. “Amir Temurning O‘rta Sharq hamda Anado‘li yurishlari”.
2. Pirimqul Qodirov. “Yulduzli tunlar”.
3. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Sariq devni minib”.
Nurbek Ulug‘berdiyev, Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron — Jahongir Temur”.
2. Li Myon Bak. “Mo‘jiza sodir bo‘lmaydi”.
3. O‘tkir Hoshimov. “Ikki eshik orasi”.
Behzod Jo‘rayev, Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Lev Tolstoy. “Iqrornoma”.
2. Mohandas Karamchand Gandi. “Mening hayotim”.
3. Jyul Vern. “O‘n besh yoshli kapitan”.
Zafar Karimov, Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Mamayunus Pardayev. “Hikmatli dunyo”.
2. Abdulhamid Cho‘lpon. “Tanlangan asarlar”, 1-jild.
3. Ertaklar, rivoyatlar, hikoyatlar, maqollar, hikmatlar to‘plami — “Sharqona tarbiya”.
Abdushokir Abdurahmonov, Sirdaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron — Jahongir Temur”.
2. Iogan Volfgang fon Gyote. “Yosh Verterning iztiroblari”.
3. Paulo Koelo. “Alkimyogar”.
Ilhom Saparov, Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Tog‘ay Murod. “Otamdan qolgan dalalar”.
2. Marsel Brion. “Menkim, Sohibqiron — Jahongir Temur”.
3. Xudoyberdi To‘xtaboyev. “Qasoskorning oltin boshi”, “Shirin qovunlar mamlakati”.
Shukur Burhonov, Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Gabriel Garsia Markes. “Yolg‘izlikning yuz yili”.
2. Aleksandr Dyuma. “Graf Monte Kristo”.
3. Abdulla Qodiriy asarlari.
Hamro Bektemirov, Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i:
1. Muhammad Ali. “Ulug‘ saltanat”.
2. Tohir Malik. “Odamiylik mulki”.
3. Obiddin Mahmudov. “Farzandnoma”.
Avaz Mamajonov, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i:
1. O‘tkir Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”.
2. Jaloliddin Rumiy. “Ichindagi ichindadur”.
3. Baxtiyor Abdug‘afur. “Sulton Jaloliddin Manguberdi”.
Ta’kidlash kerakki, suhbatdoshlarimiz o‘zlari sevib mutolaa qilgan hamda yosh kitobxonlarga tavsiya etgan kitoblar ro‘yxati keng edi. Biz ulardan bitta eng asosiysini keltirdik. Shuningdek, respondentlarimizning aksariyati ro‘yxatning 2-bandida keltirilgan asarni ayni paytda takroran, qayta mutolaa qilayotganini aytib o‘tdi.
Dilshod RO‘ZIQULOV,
“Ma’rifat” muxbiri