XTV tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi
Joriy yilning 25-27-aprel kunlari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi poytaxtimizda joylashgan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyati, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan ota-onalarni hamda keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan, vazirlik barcha ota-onalar va ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu namunali maktablar faoliyati bilan tanishishga taklif etadi.
“Ochiq eshiklar kuni”ning ta’lim muassasalardagi o‘tkazilish sanasi
25-aprel kuni – Kasb-hunarga yo‘naltirish va profilli mehnat ta’limi Respublika ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (Mirzo Ulug‘bek tumani, Jahon Obidova ko‘chasi 7-a uy);
25-aprel kuni – Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (Uchtepa tumani, Shayxzoda ko‘chasi, 12-mavzesi, Xuroson mahallasi);
26-aprel kuni – Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika, astronomiya, fizika, informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 153-uy);
27-aprel kuni – Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (manzil: Toshkent shahri, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 32-uy);
27-aprel kuni – Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sebzor dahasi);
27-aprel kuni – Xalq ta’limi vazirligi tassarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tashkil etildi (manzil: Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi, 1-uy).