Ishlayotgan pensionerlarning ish haqidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisob raqamiga pul o‘tkaziladimi?
— “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 6-moddasiga ko‘ra, “Ish beruvchilarning, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiydir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar”.
Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi fuqarolar (shu jumladan, ishlayotgan pensionerlarning ham) soliqqa undiriladigan mablag‘i hisobidan 0,1 foizi “Xalq banki”ga o‘tkazib beriladi.
Kamoliddin RUSTAMOV, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Toshkent shahar Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i