O‘qituvchilarga uy berildi
Xalq bilan muloqot
2 / 10 / 2019
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida 3 nafar o‘qituvchiga tuman hokimligi va homiylar hisobidan 3 ta 2 xonali uy sovg‘a qilindi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, 12-umumta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Yunusaliyeva Gulnara, 26-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Shamirzayeva va 32-umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Shahnoza Badalxo‘jayeva 2 xonali uy bilan taqdirlangan.