Zoir Mirzayev maktab o‘quvchilariga dars o‘tdi
Xalq bilan muloqot
30 / 10 / 2019
Shu yilning 23-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.
Qashqadaryo viloyatiga yaqinda tayinlangan hokim vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev Qarshi shahridagi 9-umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dars o‘tdi. Viloyat hokimi o‘z bilimlarini o‘rtoqlashish barobarida o‘quvchilarning ona tili, fizika, matematika va xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini ham sinovdan o‘tkazdi.
Shuningdek, hokim maktabda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi, deya ma’lum qildi hokimlik matbuot xizmati.