2019-yilda Xalq ta’limi tizimiga davlat byudjetidan jami 16,4 trln. so‘m mablag‘ ajratildi
2019-yilda Xalq ta’limi tizimiga davlat byudjetidan jami 16,4 trln. so‘m (2018-yilga nisbatan 38,3%ga ko‘p, 11,8 trln. so‘m) ajratilgan bo‘lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018-yilda 17,1 foiz) tashkil etadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 12,2 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 37,0 foizga ko‘p), yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,03 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 43,0 foizga ko‘p) hamda boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,2 trln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko‘p) ajratilgan.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 13,4 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 13,2 trln. so‘mni (98,4 foiz) tashkil etgan.
Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 9,9 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 9,8 trln. so‘mga, ya’ni 99,1 foizga bajarilgan.
Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 2,5 trln. so‘m ajratilib, ijrosi 2,4 trln. so‘mga yoki 95,7 foizga bajarilgan.
Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 926,8 mlrd. so‘m ajratilib, ijrosi 914,8 mlrd. so‘mga yoki 98,7 foizga bajarilgan.