Bog‘chadanoq boshlaylik
Tarixdan ma’lumki, o‘zga hududlarni zabt etish yoki dushmandan himoyalanish maqsadida urush qurollari uzluksiz takomillashtirib borilgan. Bugun esa tajovuzkor g‘oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt etilgan xalq shusiz ham yovga taslim bo‘ladi.
Hozir dunyoning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning o‘zaro kurashi ko‘zga aniq tashlanmoqda. Birinchisi, xalqlarni taraqqiyot sari yetaklayotgan ilg‘or mafkura, ikkinchisi esa ularning yo‘liga g‘ov bo‘lishga urinayotgan zararli va buzg‘unchi mafkuradir. Erkin va farovon hayot asoslarini yaratib, yanada olg‘a intilayotgan ilg‘or mamlakatlar o‘z mafkurasini umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillar negizida rivojlantirmoqda.
Mamlakatni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq.
Milliy g‘oyani yanada rivojlantirishda quyidagicha ishlarni amalga oshirish mumkin:
— maktabgacha ta’lim tizimida farzandlarimizga buyuk allomalarimiz nomini multfilm, she’r, qo‘shiq va ertak qahramonlari timsolida gavdalantirib o‘rgatish;
— maktablarda o‘quvchilar ongi va qalbiga Vatanga muhabbat tuyg‘usini singdirish uchun o‘quv qo‘llanmalariga innovatsion texnologiyalarni kiritish. Milliy qahramonlar aks etgan kinofilmlarimizdan lavhalar, mashhur san’atkorlarimizning milliylikni kuylagan ijod na’munalari, nasr va nazmning eng sara durdonalari, kompyuter taqdimotlari, muqaddas ziyoratgohlarimizga sayohatlar, zamonamiz qahramonlari bilan ijodiy uchrashuvlar dasturini ishlab chiqish;
— oliy ta’lim muassasasi talabalariga, davlat korxonalari xodimlariga, nodavlat va xususiy firmalar ishchi-xizmatchilariga ham bu borada alohida dastur tayyorlash lozim.
Hakima DAVLATOVA, Sharof Rashidov tumanidagi 50-maktab o‘qituvchisi