Litsenziya haqida fikrim bor…
Xalq ta’limi vazirligining o‘qituvchilar faoliyatini litsenziyalash haqidagi qarori keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hozir maktablarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga boshqacharoq yondashish kerak. Avval sinovga tayyorlaydigan maxsus kurs ishlab chiqilishi va o‘qituvchilar bunga ixtiyoriy jalb qilinishi kerak. Kursni tamomlaganlar avtomatik tarzda litsenziya sinovidan o‘tishi va litsenziyani qo‘lga kiritgan kundan boshlab sezilarli darajada yuqori maosh ola boshlashi lozim. Agar litsenziyali o‘qituvchilarning maoshi yuqori bo‘lsa, qolgan ustozlarni litsenziya olishga majburlashga hojat qolmaydi. O‘zini bilimli deb hisoblaydigan va o‘z ustida ishlaydigan pedagoglar litsenziyani qo‘lga kiritish uchun o‘zlari harakat qiladilar. Shunda 2030-yildan boshlab barcha maktablarda ishlayotgan pedagoglarga litsenziyani majburiy qilib belgilash mumkin. Shu orqali 2030-yilga qadar litsenziyali o‘qituvchilar foizini vazirlik ko‘zda tutayotgan talab darajasiga olib chiqish mumkin.
Ravshan MATMUSAYEV