ABITURIYENTLAR, OTA-ONALAR VA O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!
Bu yil ham Davlat test markazi va “Ma’rifat” gazetasi hamkorligi davom etishini ma’lum qilamiz. Abituriyentlarning test sinovlariga puxta va samarali tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘maklashish maqsadida gazetamizning navbatdagi sonlarida imtihon olinadigan fanlar bo‘yicha Davlat test markazining aprobatsiyadan o‘tgan test savollarini e’lon qila boshlaymiz.
O‘zingizning, farzandingiz va o‘quvchingizning kelajagiga befarq emasmisiz? Unday bo‘lsa, vaqtni yo‘qotmang! Gazetamizga aprel oyidan obuna bo‘lishni istasangiz, 23-martga qadar hududingizdagi “Matbuot tarqatuvchi” va pochta bo‘limlariga murojaat qilib, obunani rasmiylashtiring.
“Ma’rifat”ga obuna bo‘ling va test savollari bilan tanishishga tayyorgarlikni hozirdan boshlang!
Obuna indeksi — 150.