Sinovli kunlarda bardoshli bo‘laylik!
Maktab ostonasiga qadam qo‘yganimga 40 yil bolgan bo‘lsa, talim-tarbiya jarayonining turli chig‘iriqlaridan o‘tib kelyapman. O‘zbekiston ta’lim tajribasida onlayn darslarini yaratish va u butun mamlakat bolalarini qamrab olishi kabi holat hali ro‘y bermagan edi.
Ayni vaziyatda kasallik xаvfining oldini olishning eng asosiy chorasi uyda qolish, karantin qoidalariga qatiy amal qilishdir. Hozirgacha farzandlarimizning uyda ta’limni davom ettirishlarini ta’minlash maqsadida 100 dan ortiq fidoiy pedagoglar ishirokida televizion darslar tasvirga olindi. Bu jarayon zamirida qancha insonlarning zahmati yotganini his qilishimiz kerak. O‘qituvshilarimizni oddiy dars jarayoniga qaraganda ko‘proq mehnat qilib, ko‘proq vaqt sarflayotganligini anglayapmiz.
Onlayn videodarslarni o‘tish eng tajribali, malakali o‘qituvchilarga ishonib topshirildi. Bu darslarni mustahkamlab, o‘quvchilar bilimlarini baholash boshqa o‘qituvchilarga mas’uliyat yuklamoqda. Bu borada barcha pedagoglarning xizmatlari beqiyos.
Mazkur ishlarni tashkil qilishda rahbarlik qilayotgan Xalq ta’limi vaziri SH.SHermatov va vazirlik hodimlariga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hodimlariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Hozirgi sinovli kunlarda farzandlarimiz bilan masofali ta’lim olishdan tashqari, 5 ta tashabbus ijrosini bajarish bo‘yicha o‘quvchilar ko‘proq kitob o‘qishi, sport bilan shug‘ullanishi, uy ishlariga qarashishi maqsadga muofiqdir.
Barcha vatandoshlar birlashib harakat qilsak, albatta, har qanday qiyinchilikni yengib, osoyishta hayotga qaytamiz. Inson doimo oldidagi sinovlarga bardoshli bo‘lishi kerak. Sabr umringizni, shukur esa qalbingizni go‘zallashtiradi.
Shahnoza QOSIMOVA,
Shayxontohur tumanidagi 20-maktab direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi