Insonlar qalbida komil ishonch bor
Yurtimizga kirib kelgan tashvishning avvalida dilimizga bostirib kirgan xavotiru tahlikalar tezda chekinib, o'rnini xalqimizga mos intizom, sarishtalik, ahillik va birdamlik egalladi.
Koronavirus pandemiyasi bugungi kunda butun dunyo nigohidagi qo'rquv, ogohlik, shu bilan birga shukronalik tuyg'ulari aks etgan holatlar. Bundany sinovli kunlarda har bir inson uyda o'tirishi, karantin qoidalariga qatiy rioya etishi zarur.
Tinchlik va sog’liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz.
“Yil yilga o’xshamaydi” degan gap bejiz aytilmagan. Hayot hech qachon bir tekis kechmaydi. Hayot bor ekan, sinovlar, qiyinchiliklar bor.
Karantin munosabati bilan joriy yilning 16-mart sanasidan maktab o’quvchilari muddatidan oldin tatil kunlari belgilandi. 30-mart sanasidan e'tiboran 4-chorak uchun mo'ljallangan o’quv mashg’ulotlari O’ZBEKISTON Respublikasi Xalq talimi vazirligi O’zbekiston teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda qisqa muddatda onlayn darslar tashkil etildi va efirga uzatildi. Bu jarayon nafaqat o’qituvchilarni balki ota-onalar ham farzandlari bilan vaqtlarini samarali o’tkazmoqdalar. Bu efirga uzatilayotgan onlayn darslar orqali o’quvchilar mustaqil dars olishlariga, o’z ustlarida ko’proq ishlashlariga, ota-onalar esa ko’proq farzandlari bilan muloqotda bo’lishlari va ular bilan muntazam shug’ullanishlariga erishmoqdalar.
Onlayn darslar bizda ilk bor qo’llanilayotgani, texnik imkoniyatlar yetarliligi sabab, darslar tobora mukammal tus olmoqda. Buning uchun mehnat qilgan barcha ustozlarga efirga tayyorlash bo’yicha barcha talim sohasidagi masullarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Bu darslarni olib boorish albatta eng malakali ustozlarga ishonib topshirilgan. Ularning mehnatlari, zahmatlari beqiyos. O’qituvchi ko’z nuri va qalb qo’rini, bor bilim va tajribasini yosh avlodga bag’ishlab, marifat ziyosini taratadi. Hammasi iziga tushib ketish uchun jonbozlik ko’rsatayotgan ustozlarimizga tashakkur aytamiz!
Bugungi ilmga chanqoq yoshlarga ilm – ziyo tarqatishda rahbarlik qilgan va tashkillashtirgan Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov, Respublika ta'lim markazi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi, Shayxontohur tumani xalq ta'limi bo’limiga ta'lim sifatini rivojiga qo’shayotgan barcha maktab ustozlariga tashakkur va minnatdorchiligimizni bildirib, ularga sog’lik- salomatlik, ishlarida omad tilaymiz.
Bizni KORONAVIRUS qo’rqita olmaydi. Bizning qalbimizda komil ishonch bor! BIZ AHILMIZ, QALBAN BIRGAMIZ VA UNI YEHGAMIZ!
Baxtinisa Po'latova, Shayxontohur tumanidagi 324-maktab direktori