Qiyinchiliklar qahramonlarni kashf etadi
Jahon xalqlari boshiga sinovli kunlarni solgan va xalqlarni o‘ziga qarshi kurashda birdamlikka chaqirgan, yanada irodali, kuchli, bir-biriga mehr oqibatli bo‘lishga undagan, bugunning asosiy mavzusiga ayllanib ulgurgan karonavirus pandemiyasini muvofaqiyatli tarzda deyarli yengib o‘tdik, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Dastlabki kunlardanoq hukumatimiz tomonidan pandemiyaga qarshi kurash jarayonida aholini virus hujumidan himoya qilish va havfsizlini ta'minlashga qaratilgan bir qator qaror va tezkor chora tadbirlar ishlab chiqilib, bularning barchasi pandemiyasini engishda juda katta samara berayotganligi bu sinovli kunlar ustidan qozonilayotgan g‘alabaning nishonasi ekanligidan darak beradi.
Karonavirus kasalligi 2020-yilning 11-martida Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilanishi, ushbu so‘zning ma'no mazmunidan kelib chiqib "Mening uyim-menig mustahkam qo‘rg‘onim" shiori ostida barchamizning oila davrasida qolishimiz ushbu kasallik oldini olishda katta ahamiyat kasb etib, havfdan yiroq bo‘lishimizni ta'minlamoqda. Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarsada Respublikamizda barqaror epidemiologik vaziyat hamon saqlanib tiribdi. Ko‘plab soha vakillari pandemiyaga qarshi kurash jarayonida fidoyilik ko‘rsatishmoqda, tibbiyot xodimlari bu kurash maydonidagi asosiy kuch bo‘lib, kasallikdan og‘rigan bemorlarning shifo topib oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytishida quvonarli natijalarga erishib hal qiluvchi qahramonlar vazifasini bajarishmoqda, shu jumladan yurt kelajagi qo‘lida bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama yetuk kasb egalari, ma'naviyatli komil inson bo‘lib yetishishlarida bilim berib, o‘z mehnatini ayamagan, azal-azaldan fidoyi sanalib kelingan ustozlarimiz ham chin ma'noda bugungi kunning qahramonlari sifatida sharafli faoliyatlarini onlayin maktab orqali davom ettirishlari va bu yo‘lda yaratib berilgan shart-sharoitlar barchani birdek quvontirdi. Farzandlarimiz bilim olishdan to‘xtab qolmadilar, pedagoglarimiz zangori ekran orqali o‘quvchilarning xonadonlarigacha ziyo nuri bilan kirib borishdi. Bu ishlarning barchasi bolalar va ularning oilalariga virus yuqishi va farovonligiga salbiy ta'sirini o‘tqazishni oldini olish maqsadida amalga oshirildi albatta. Pandemiya sharoitida davlatimiz rahbarining yuritgan oqilona siyosatlari, qat'iy say-harakatlari natijasi o‘laroq shuni ishonch bilan aytishimiz mumkinki jim-jitlikka cho‘mgan ko‘chalarimizni farzandlarimizning kulgusi, quvonchi tutish onlari kun sayin yaqinlashmoqda insholloh.
Mahbuba Aminjonova, Yashnobod tumanidagi 23-maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari