O‘qituvchining ham farzandiga imtiyoz berilsin!
Xalq bilan muloqot
17 / 11 / 2020
Yaqinda bir hamkasbim bilan uchrashib qoldim. O‘g‘li 180 ball bilan kontraktga o‘qishga kirganini afsuslanib gapirdi. O‘zi o‘qituvchi, kontraktga to‘lasinmi, keyingi farzandlarini o‘quv kurslariga qo‘ysinmi, ro‘zg‘or qilsinmi, orzu-havasmi bechora? Xuddi shu OO‘Yning aynan shu yo‘nalishiga 110 balga harbiy otasining imtiyozi qo‘shilib, davlat grantiga kirgan boshqa qishloqdoshimiz ham bor. O‘zingiz xolis fikr bildiring. Qaysi biri afzalroq? Qaysi talaba Vatan uchun ko‘proq naf keltiradi? Albatta, bilimlisi-da! 70 ball yuqori olganning aybi otasining o‘qituvchi bo‘lganimi? Imtiyoz savodsizlarni ko‘paytiryapti, xolos. O‘qituvchining ham farzandiga imtiyoz berilsin!
Sarvinoz SUNNATOVA