Armaniston aybloviga qarshi munosabat
Ozarbayjon Armanistonning ayblovlariga qarshi o’z munosabatini bildirdi
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolar bilan bog‘liq holda Armaniston Tashqi ishlar vazirligining Ozarbayjon tomonini harbiy jinoyatlarda ayblashiga munosabatini bildirdi.
Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Leyla Abdullayeva ma’lum qildi, deya xabar beradi “AZERTAC”.
Uning taʼkidlashicha, bir muddat avval Ozarbayjon Harbiy prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar boʻyicha keng qamrovli tekshiruv boshlangani haqida bayonot bergan edi: “Biz bu tergov har qanday qoʻngʻiroqlarga javoban emas, balki Ozarbayjon xalqaro majburiyatlariga doimo jiddiy yondash ganligi tufayli boshlanganligini alohida taʼkidlamoqchimiz. Ayrim G‘arb davlatlarining murojaatlariga kelsak, ular 30 yil davomida, shuningdek, 2020 yilgi 44 kunlik urushda arman harbiylari tomonidan jahon hamjamiyati ko’z oldida sodir et il gan ko‘plab jinoyatlar ga qanday munosabat bildirganlari qiziq.
Nima uchun Armanistonda ishlab chiqarilgan minalar Ozarbayjon hududida tinch aholining o‘ldirilishiga bugun ham e’tibor berilmayapti? Yoki harbiy harakatlar bo‘lmagan bir paytda boshqa davlat hududiga mina qo‘yish urush jinoyati hisoblanmaydimi? 250 ga yaqin odamning o'limi uchun javobgarlik aniq Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasida. Biroq, 1990-yillarning boshidan buyon sodir etilgan va bugungi kungacha davom etayotgan ko'plab harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun Armanistonda hozircha birorta ham shaxs javobgarlikka tortilmagan.
L.Abdullayevaning qayd etishicha, Ozarbayjonga da’vat qilayotganlar xolislik va adolatli pozitsiya ko‘rsatishni istasa, masalaga har tomonlama yondashishi, Armaniston tomonidan shu paytgacha sodir etilgan ko‘plab jinoyatlarni o‘rganib, aybdorlarning javobgarlikka tortilishini talab qilish kerak. “Aks holda, bu arman tashviqoti natijasida qilingan bir yoqlama bayonotdan boshqa narsa emas”, dedi u .