BOTULIZM VA OVQATDAN ZAHARLANISHDAN EHTIYOT BO‘LING
Botulizm kasalligi ovqatdan zaharlanishning eng og‘ir turi hisoblanadi. Botulizm sporalari qulay sharoitga tushib qolganda, ko‘payib o‘zidan toksin ajratib chiqaradi. Sporalarni ko‘payishi va o‘zidan toksin ajratib chiqarishi uchun kislorodsiz muhit qulay hisoblanadi. Shu sababli, botulizm qo‘zg‘atuvchilari konservalangan mahsulotlarda, vetchina, kolbasa va baliqlarda yaxshi rivojlanadi.
Botulizm kasalligida shifokor kelgunga qadar bemorga ko‘p miqdorda suyuqlik berish tavsiya qilinadi. Bu esa, oshqozon-ichak yo‘lida mikroblarning zaharli ta'sirini bir muncha pasaytiradi. Unga qarshi zardob bemorga faqatgina shifoxona sharoitida qilinadi. Hozirda botulizm qo‘zg‘atuv-chilarining 6 ta: A, B, S, D, E, R turlari aniqlangan bo‘lib, eng ko‘p tarqalgan turlari A, B, E hisoblanadi. Davolashda spetsifik botulizm toksinlarini neytralizatsiya qiluvchi anatoksinlardan foydalaniladi. Eng kuchli toksin A, eng kuchsiz esa S turi hisoblanadi.
Kasallik belgilari: kasallik to‘satdan kutilmaganda bosh og‘rishi, qusish, qorinda og‘riq, keyinchalik ich ketishi bilan ayrim hollarda harorat ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Ich ketishi kasalliklarni keltirib chiqargan mikrob turiga qarab tez-tez, suvdek, ko‘p miqdorda, hidli, og‘riqli bo‘lishi mumkin. Og‘ir hollarda qaltirash, teri qoplamalarining rangsizlanishi, hushidan ketishi va boshqa belgilar bilan kechishi mumkin.
Majid VALIYEV, Dilshod ANVAROV,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga qarashli binolarda YXTTEB mutaxassisi, katta serjant.