CHEKISH INSONIYAT UCHUN ZARARLI ODAT
Inson tabiati yangilikka tashna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bo‘lsin, uni o‘z hayotida, albatta, qo‘llab ko‘rgisi keladi. Globallashuv shiddati ong-qalbimiz va hayotimizda shunday o‘zgarishlar sodir etmoqdaki, undagi foydali jihatlardan ko‘ra, zararlilari tez orada o‘z aks ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Bugun har bir yoshu qari chekish – bu zararli odat ekanligi, salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishini biladi.
Zamonaviy tibbiy tadqiqotlar tufayli olimlar nikotinni kam dozada iste’mol qilish holatida ham quyidagi nuqsonlarni keltirib chiqarishini isbotlashdi:
O‘pka va boshqa organlar saratoni paydo bo‘lishi xavfini oshiradi;
Ham erkaklar va ham ayollarda reproduktiv funksiyalarni buzadi;
Umumiy salomatlikni yomonlashtiradi;
mmunitetni zaiflashtiradi;
Qon tomirlarini toraytirishi oqibatida, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Eng dahshatlisi, chekish – bu maqsadli ravishda orttirilgan odat hisoblanadi. Inson organizmi chekish uchun yaratilmagan. Birinchi marta tamaki chekishda organizm yo‘tal ko‘rinishida unga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ammo, biz baribir, bu zararli narkotikni ichimizga tortishga harakat qilaveramiz.
Dilshod ANVAROV,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga qarashli binolarda YXTTEB mutaxassisi katta serjant
Xusan MAMAJANOV,
Toshkent shaxar FVB Turkiston san’at saroyi YXTTEB mutaxassisi katta serjant