Yangi ta’lim muzeyi ochildi
Yangi ta’lim muzey i ochildi
Yurtimiz tarixini yaratish moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrab avaylash va avlodlarga yetkazish barchamiz uchun burchdir. Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish bugungi kundagi vazifamiz. Tuman xalq ta’limi bo‘limi qoshida “Ta’lim muzeyi” ochildi. Bo‘lim mudiri Uzoq Nurmatovning uch yil oldingi tashabbusi bilan bo‘limning ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish sho‘ba metodisti Ashrafjon Axmadjonov, 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab direktori Jumanazar Qurbonov, 75-umumiy o‘rta ta’lim maktab tarix fani o‘qituvchisi Allayeva Sojida, umumta’lim maktablar rahbarlari, hamdafaxriy pedagoglar hamkorligida tashkil etildi. Muzeyda nafaqat ta’lim tizimi, balki yurtimiz mustaqilligi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz, millatimiz faxriga aylangan vatandoshlarimiz, ularning bizga qoldirgan adabiy-madaniy meroslari, ya’ni tariximiz xotiralaridan hikoya qiluvchi stendlar va ko‘rgazma oynalari bilan jihozlangan.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘rta asrlarda ta’limning rivojlanishi ;
Amir Temur davrida davlatchilikning paydo bo‘lishi, uning davrida davlatchilik siyosati, olib borgan yurishlari, obodonchilik ishlari, ilm ahllari va olimlarga e’tibor.Temuriylar davrida ilm–fan ravnaqi ;
Eski ta’lim ;
Avesto kitobi, Zardushtiylik, yurtimiz tarixida ilk yozuv, yurtimiz hududida shakllangan yozuvlar, So‘g‘d yozuvi, Xorazm yozuvi, Baqtriya yozuvi, Kushon yozuvi. Toshga bitilgan matnlar, Qur’oni karim;
Uyg‘onish davri ilm fani;
IX-XII asrlar.Uyg‘onish davrida diniy va dunyoviy bilimlarning rivojlanishi, ilm-fan ravnaqi, yurtimizdan yetishib chiqqan olim va ulamolar, ularning asarlari;
Xonliklar va amirlik davrida ta’lim ;
Xonliklar va amirlik davrida yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar,Qo‘qon adabiy muhiti, Xiva xonligida tarix fani rivoji, Buxoroda ilm-fan ravnaqi;
Jadidchilik davrida ta’lim;
Jadidchilik harakati shakllanishi va bu harakatning yurtimizga ijobiy ta’siri, Jadidchilik harakati a’zolari ularning olib borgan ishlar;
Sovet davrida ta’lim;
Davr tarixi, hukumat rahbarlari, ta’lim islohotlari, bayroqlar,o‘quv jihozlari,siyosiy tarixi;
O‘zbekistonning totalitar tuzumdan mustaqillikka erishishi;
Til to‘g‘risidagi qonun, davlat ramzlari, islohotlar, maktablar, ta’limdagi o‘zgarishlar, IT texnologiyalar, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod va iqtidorlar maktablari, ta’limda yangiliklar, Milliy tiklanishdan — Milliy yuksalish sari;
Respublika Xalq ta’limi vazirligi, Yakkabog‘ tuman maorifi va xalq ta’limi bo‘limining rivojlanish tarixi;
Respublika Xalq ta’limi vazirligi rahbarlari, Yakkabog‘ tumani maorifi tarixi, rahbarlar, Xalq ta’limidagi o‘zgarishlar, Yakkabog‘ tuman maktablarining ta’limdagi taraqqiyotlari, erishgan yutuqlari;
Yakkabog‘ tumanidan yetishib chiqqan akademik, fan doktorlari professorlari, ularning faoliyati ;
Bu muzeyga kirganda go‘yo, muzeyda bir necha yuz yillik tarix bilan to‘qnashgandek his qilasan kishi!
Ashrafxon AHMADJONOV,
Yakkabog‘ tuman XTB metodisti