Yangi tinch sahifa ochmoqchimiz
Ilhom Aliyev: biz adovat, o‘zaro nafratga chek qo‘yib, yangi tinch sahifa ochmoqchimiz
Оzarbayjonning rasmiy OAVsi Trend xabariga koʻra, prezident Ilhom Aliyev Agdamdagi Ozarbayjon shaharsozlik milliy forumida quyidqgilarni aytib oʻtgan:
– "Bizga hech qanday vositachilik kerak emas. Ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan soʻng biz taklif bilan chiqdik. Agdamda Armaniston tomonidan 10 ming kvadrat kilometrdan ortiq hudud vayron qilinganini, bizning fuqarolar koʻp azob-uqubatlar koʻrganiga qaramay, biz Armanistonga tinchlik taklif qildik. Tinchlik bitimi uchun zarur boʻlgan xalqaro huquqning beshta asosiy tamoyilini, xususan, mamlakatlarning hududiy yaxlitligini oʻzaro tan olish, hududiy daʼvolardan voz kechish, kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish tahdididan voz kechish, davlat chegaralarini belgilash va aloqalarni ochish kabilarni ilgari surdik. Huquqlar, munosabatlarni normallashtirishga intilayotgan davlatlar oʻrtasidagi tinchlik yoki boshqa kelishuvlar shunga asoslanishi kerak, deb hisoblayman.
Armaniston aholisiga kelsak. Биринчидан, Qorabog' – Ozarbayjon! Qorabog' mintaqasida armanlar istiqomat qiladi, hali ham ular Ozarbayjonning, bizning fuqarolarimiz, biz ularning hayotini o'z hududimizda tashkil qilmoqchimiz. Ikkinchidan, biz xalqaro o'yinchilar bilan gaplashmaymiz. Qorabog‘ urushi buni jang maydonida isbotladi. Bosqinchilik davrida dunyoning birorta davlati, jumladan, Armaniston ham bu uzoqqa cho‘zilgan tuzilmani tan olmadi. Shu bois, biz hech qachon xalqaro tuzilmalar yoki biror davlat bilan, uning kattaligi va salohiyatidan qat’i nazar, ichki ishlarimizga oid masalalarni muhokama qilmaymiz.
Yaqinda Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi, xususan, tinchlik shartnomasi loyihasini tayyorlash kun tartibi bilan bogʻliq boʻlgan bunday uchrashuv boʻlgani uchun bizda tinchlik jarayoniga nisbatan maʼlum bir optimizm bor. Umid qilamizki, bu uzoq davom etmaydi. Qorabog‘ mojarosi bo‘yicha 28 yillik muzokaralar chog‘ida bo‘lgani kabi, armanlar kelishuvga erishmoqchi bo‘lmaganda odatda qanday taktikaga murojaat qilishlarini bilamiz. Agar shunday davom etsa, tinchlikka erisha olmaymiz. Agar bu Armanistonning tanlovi bo‘lsa, ular yana bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. Ular bizni noto‘g‘ri baholadilar, bizning irodamizni, Ozarbayjon xalqining irodasini, Ozarbayjonning salohiyatini noto‘g‘ri baholadilar va buning uchun haq to‘ladilar. Ikki yil avvagi urush Ozarbayjon hududida boʻlgan. Bu bizning pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqlaydi va bir milliondan ortiq fuqarolarimiz boshidan kechirgan azob-uqubatlarga qaramay, biz adovat, o'zaro nafratga chek qo'yish va yangi tinch sahifa ochishni xohlayotganimizni ko'rsatadi. Bu samarasini beradimi yo'qmi, ko'ramiz. Lekin biz shu yo'nalishda harakat qilmoqdamiz”, dedi davlat rahbari.