koronavirus
Kecha O‘zbekistonda 450 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 500 nafardan ortiq bemor kasallikdan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati maʼlum qildi.
2021-yil 8oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 177834 (+451) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
14 nafari Andijon viloyatida,
9 nafari Buxoro viloyatida,
9 nafari Jizzax viloyatida,
7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
9 nafari Namangan viloyatida,
37 nafari Samarqand viloyatida,
13 nafari Sirdaryo viloyatida,
9 nafari Surxondaryo viloyatida,
29 nafari Farg‘ona viloyatida,
11 nafari Xorazm viloyatida,
92 nafari Toshkent viloyatida,
194 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
Andijon viloyatida 11 nafar,
Buxoro viloyatida 9 nafar,
Jizzax viloyatida 7 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Namangan viloyatida 15 nafar,
Samarqand viloyatida 44 nafar,
Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
Farg‘ona viloyatida 26 nafar,
Xorazm viloyatida 11 nafar,
Toshkent viloyatida 101 nafar,
Toshkent shahrida 257 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 173166 (+510) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1266 nafarni tashkil qildi.