Xalq bilan muloqot
11 / 12 / 2020
Ha aytgancha, eshittinglarmi? 2021-yilga borib direktor jamg‘armasidan 4 foiz, ya’ni 1 trillion so‘m ushlab qolinarmish (battar bo‘linglar). Shu pulga nechta Trailblazer berarkan-a?
Xalq bilan muloqot
10 / 12 / 2020
“Viloyat axborot-resurs markazlari o‘gaymi?” sarlavhali maqolani o‘qib, bizning muammolarimizni ham kimdir tinglarmikan, degan xayolga borasan kishi. Bir mamlakatda, bir sohada ishlab turib ikki xil maosh to‘lanadi.
Xalq bilan muloqot
4 / 12 / 2020
Hurmatli o‘qituvchilar, beva xotinning tushiga er kirar, kambag‘alning tushiga yer, deganlariday, har kech tushlaringizda ming dollarli boy bo‘lib chiqayotganingizdan xabarimiz bor.
Xalq bilan muloqot
30 / 11 / 2020
Kutubxona to‘g‘risida qabul qilinayotgan barcha hujjatlar aynan shu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan tayyorlanib, bu ishga viloyatlardagi bilimli va tajribali mutaxassislar ham jalb qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Xalq bilan muloqot
25 / 11 / 2020
Endi na kunduz tinim bor, na oqshom. Layk bosvoring, deb so‘ramagan biror tanishim qolmadi, hamma joyga tarqatdim. Aloqa chiqadigan qirning tepasiga butunlay ko‘chib olganmi, bilmayman, tog‘a har soatda telefon qiladi.
Xalq bilan muloqot
25 / 11 / 2020
Zim-ziyo, tezak, ko‘mir hidi anqigan o‘nqir-cho‘nqir yo‘lda qoqila-qoqila ishdan uyga shoshasan (ishqilib telefonimning quvvati o‘chib qolmasin!). Onasining pinjiga tiqilgan bolalar XX asrni yodga soladi.
Xalq bilan muloqot
24 / 11 / 2020
Ijtimoiy tarmoqdagi maqolada “Hakamlar tomonidan insholarni yozib berish va testlarni yechib berish holatlariga nima deysiz?” degan asossiz fikrlar men kabi o‘quvchisi o‘rin olgan hakamlarga aytilgan “rahmatmi?”
Xalq bilan muloqot
23 / 11 / 2020
So‘nggi yillarda yoshlar orasida kitobxonlik darajasi ancha pasaydi. Oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonida yozma imtihonlarning o‘rniga test tizimining joriy qilinishi, o‘quvchilarning badiiy kitob o‘qish o‘rniga, yoppasiga test yodlash yo‘lini tutishiga olib keldi.
Xalq bilan muloqot
20 / 11 / 2020
2019-2020-o‘quv yilidagi 9–11-sinf o‘quvchilaridan olingan kasbiy anketa va savolnomalar natijasiga ko‘ra, o‘quvchilarning 60 foizi prokuror, huquqshunos, advokat, harbiy soha yo‘nalishlarini tanlagan.
Xalq bilan muloqot
18 / 11 / 2020
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari faoliyatida “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.
Xalq bilan muloqot
17 / 11 / 2020
Yaqinda bir hamkasbim bilan uchrashib qoldim. O‘g‘li 180 ball bilan kontraktga o‘qishga kirganini afsuslanib gapirdi. O‘zi o‘qituvchi, kontraktga to‘lasinmi, keyingi farzandlarini o‘quv kurslariga qo‘ysinmi, ro‘zg‘or qilsinmi, orzu-havasmi bechora?
Xalq bilan muloqot
16 / 11 / 2020
Sovuq tushdi. Hademay qishning tuya go‘shti yegan og‘iroyoq kunlari ham boshlanadi. Bir amallab ko‘kka ilashib olsak bo‘lgani. Ungacha sabr, ammo bu bizga o‘xshagan bekorkasallarga jabr.
Xalq bilan muloqot
13 / 11 / 2020
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatning 88 ta maktabida me’yoridan ortiq o‘quvchi o‘qiydi. 73 ta maktab filiallari binosi paxsadan qurilgan
Xalq bilan muloqot
2 / 11 / 2020
21-oktabr yaqinlashishi bilan hozirgina Marsdan kelganday barchamiz bir aylanib tilparvar bo‘lib qolamiz. Qayerga bormang “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”, “Ona tilimizni asraylik!”, “Til — millatning yuragi” kabi jimjimador gaplar yozilgan so‘ztaxtalarga peshona uriladi.
Xalq bilan muloqot
26 / 10 / 2020
Taksida ketayotgandik. Bir payt o‘g‘lim “Dada, qarang, anovi mashinaga “taxi” deb yozib qo‘yibdi”, dedi. Haydovchi “taxi” emas, “taksi”-ku, deb javob berdi mendan oldin. “O‘g‘lim to‘g‘ri o‘qidi. “Taxi” deb yozilgan”, dedim.