raqamli texnologiyalarni joriy qilish saylov kampaniyasining shaffofligini taʼminlashga xizmat qildi
YEXHT\DIIHB: raqamli texnologiyalarni joriy qilish saylov kampaniyasining shaffofligini taʼminlashga xizmat qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish natijalari bo‘yicha dastlabki hisobotini taqdim etgan YEXHT\DIIHB ana shu xulosani bildirdi.
Kuzatuvchilar MSK ning raqamli texnologiyalardan faol foydalangan holda, saylovga tayyorlagrlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasidagi ishlarini ijobiy baholadi. Bugungi kunda MSK yig‘ilishlari real vaqt rejimida translyatsiya qilingani, Komissiya qarorlari ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda eʼlon qilingani, alohida qayd etiladi.
Masalan, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursi - Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirildi.
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati Davlat personallashtirish markazining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilindi, ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning maʼlumotlari har kuni yangilandi.
YEXHT\DIIHB Missiyasining qayd etganidek, saylovda ishtirok etish uchun qariyb 21 million nafar saylovchi ro‘yxatga olindi. Saylovchilar ro‘yxati keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ldi. Ayni damda, 2019 yilda joriy etilgan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati, hozirgi kunga kelib, ancha takomillashtirildi.
Shuningdek, “Saylov2021” mobil ilovasi orqali saylov jarayonining barcha yangiliklarini, xususan, saylovchilar, saylov komissiyalari aʼzolari, kuzatuvchilar va nomzodlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni kuzatish imkoni yaratildi.
Shu bilan birga, saylov.uz sayti orqali fuqarolar o‘z saylov uchastkalarining geolakatsiyasini bilish imkoniga ega bo‘lishdi. “Saylov uchastkasining interfaol xaritasi” respublika bo‘yicha barcha saylov uchastkalarining geolokatsiyasini ko‘rish imkonini berdi.
Shu bilan birga, MSK ning Matbuot markazi huzurida Yagona Call-markazi ishga tushirildi. Unda saylovchilarning barcha savollariga malakali mutaxassislar va tajribali ekspertlar o‘z vaqtida va batafsil javob berishdi.
Bundan tashqari, 207 ta saylov uchastkasida kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Ovoz berish jarayoni Saylov2021.uz saylov portali, Matbuot markazidagi katta tonitorda, «O‘zbekiston 24» telekanali orqali hamda MKS binosida 8:00 dan 20:00 gacha onlayn rejimida translyatsiya qilindi.
207 ta shahar va tumanlarda jami 414 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu 2019 yildagiga nisbatan, 147% ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, MSKning taklifiga binoan, YEXHT DIIHB, YEXHT Parlament assambleyasi va Yevropa parlamentining qo‘shma Missiyasii ilk marotaba yurtimizdagi prezident saylovini kuzatmoqda.
Irlandiyalik diplomat Ouen Myorfi boshchiligidagi YEXHT DIIHB kuzatuvchilari joriy yilning 15 sentyabridan buyon saylovlarni kuzatishmoqda. Missiya 17 nafar kishidan iborat asosiy guruh, 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar hamda YEXHT ga aʼzo 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 207 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatishdi. Shu bilan birga, prezident saylovini kuzatish uchun YEXHT\DIIHB rahbariyati, xususan, YEXHT\DIIHB direktori Matteo Mekachchi ham ishtirok etdi.
Bundan tashqari, 27 mamlakatdan 98 nafarga yaqin deputat-kuzatuvchilardan iborat YEXHT Parlamentskoy assambleyasi delegatsiyasi va YEXHT PA Prezidenti Margareta Sederfelt va Bosh kotibi Roberto Montella ham ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Shu bilan birga, 12 nafar deputatdan iborat Yevropa parlamenti kuzatuvchilari ham YEXHT\DIIHB missiyasiga qo‘shildi. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatish uchun 44 mamlakatdan jami 365 ta kuzatuvchi tashrif buyurgan.
Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida YEXHT delegatsiyasining ilk marotaba qatnashishi Tashkilot tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eʼtirof etilishi va qo‘llab-quvvatlashidan dalolatdir.