O‘zbekistonda necha qavatgacha bino qurish mumkin?
Savol: Yurtimizda baland inshootlar qurilmoqda. Seysmologik nuqtayi nazardan O‘zbekiston sharoitida necha qavatgacha balandlikda bino qurish mumkin?
Dilshod XOLMATOV , Shahrisabz tumani
Javob: Yaponiya eng ko‘p zilzila bo‘ladigan mamlakat hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, bu davlatda baland-baland inshootlar juda ko‘p. O‘zbekistonda ham 50, 100 qavatli binolar qurish mumkin. Buning uchun, eng avvalo, zamonaviy, baland inshootlar qurishga mo‘ljallangan qurilish texnikalari hamda qurilish mahsulotlari kerak.
Hamidulla SAGDIYEV, Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori vazifasini bajaruvchi
"Ma’rifat” gazetasi tahririyati RUXSATISIZ sayt materiallarini tarqatish taqiqlanadi.