Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Efiopiya bosh vaziriga beriladi
Norvegiya poytaxti Osloda Nobel mukofotining tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi g‘olibi aniqlandi. Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali 2019-yilgi tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritadigan bo‘ldi.
«Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali Eritreya bilan chegaradagi mojaroni tinchitishda ko‘rsatgan jonbozligi uchun ushbu mukofotni qo‘lga kiritadi»,— deyiladi Nobel mukofotini topshirish komissiyasining tvitterdagi sahifasida.
Abiy Ahmad Ali 2018-yilning aprelidan buyon Efiopiya bosh vaziri hisoblanadi.
Mukofotlar orasida aynan tinchlik yo‘nalishidagi sovrin g‘olibi Stogholmda emas, Osloda e'lon qilinadi. Bu yo‘nalishdagi mukofot sohibiga topshiriladigan medal ham boshqa yo‘nalishlardagi laureatlarnikidan farq qiladi.
14-oktabr kuni Nobel mukofotining iqtisodiyot sohasidagi g‘olibi e'lon qilinadi. Taqdirlash marosimi 10-dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi.
Kun.u z