Ubaydulla Uvatov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Qashqadaryo viloyatining 201-nasafiyi deya e’tirof etilgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori Ubaydulla Uvatov 80 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat organi vakillari, ilm-fan, san’at namoyondalari, talabalar ishtirok etdi.
Ubaydulla Uvatovning yurtimiz va jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun Prezidentimiz tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonar idorasi, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi rahbarlari, din ishlari qo‘mitasi a’zolari Ubaydulla Uvatovni samimiy tilaklar va estalik sovg‘alari bilan muborakbod etdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan Ubaydulla Uvatovning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyishi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Olim o‘z faoliyati davomida 300 dan ortiq maqola, 50ga yaqin kitob va risolalar tayyorlagan. Uning halol mehnati, samarali faoliyati munosib qadrlanib 2009-yili “Mehnat shuhrati” ordeni, 2017-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2017-yildan Ubaydulla Uvatov Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori lavozimida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Maftuna HOSHIMJONOVA