Konferensiya oldidan matbuot anjumani
Samarqand shahridagi “Registon palas” mehmonxonasida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Uni konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha Respublika tashkiliy qo‘mitasi mutasaddilari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot kotibi Ilhom Ma’rupov olib bordi.
Ushbu xalqaro miqyosidagi tadbirda konferensiya faoliyatini tezkor, haqqoniy va butun qamrovi va ahamiyati bilan keng yoritishda respublika hamda Samarqand viloyatining markaziy OAV, blogerlar, jurnalistlar va xorijiy davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etayotgani va ularning anjumanni tezkorlik bilan yoritishdagi faolliglari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiyaga dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan ko‘zga ko‘ringan ulammolari, yetakchi oliy ta’lim muassasalarining olimlari ishtirok etayotgani va ularning Imom Moturidiy ma’naviy merosini o‘rganishdagi tadqiqotlari, uning dunyo taraqqiyoti, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik hamda tinchlikni ta’minlash xususidagi fikr-mulohazlarini keng jamoatchilikka yetkazishda OAVning o‘rni va ahamiyati katta ekani e’tirof etildi.
Anjumanda jurnalistlarni konferensiya faoliyatini yoritish bilan bog‘liq qo‘shimcha savollariga mutasaddilar tomonidan to‘liq javob berilib, ular faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.