Tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti g'olibi ma’lum bo‘ldi
2020-yil Nobelning tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha mukofoti Jahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme)ga taqdim etildi.
Tashkilot ochlikka qarshi kurash harakatlari, nizoli hududlardagi vaziyatni yaxshilashga qo‘shgan hissasi, ochlarni urush va mojarolar quroli sifatida foydalanishdan himoya qilgani uchun taqdirlandi.
Dastur 2019-yilda 88 mamlakatda ochlikdan qiynalayotgan 110 million odamga yordam qo‘lini cho‘zgan. WFP ochlikka qarshi kurashuvchi va oziq-ovqat xavfsizligini himoyalaydigan BMTning eng katta tashkiloti hisoblanadi.
“Koronavirusga qarshi vaksina bo‘lganda ham Yaman, Kongo, Nigeriya, Janubiy Sudan, Burkina Faso kabi davlatlar uchun eng yaxshi vaksina oziq-ovqat bo‘lib qolaveradi”, – deya bayon qiladi tashkilot.