"Bu nafaqat "Ishonch"ning, balki kasaba uyushmalarining ham muvaffaqiyati"
"Bu nafaqat "Ishonch"ning, balki kasaba uyushmalarining ham muvaffaqiyati"
Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Ishonch" va "Ишонч-Доверие" gazetalari tahririyati jamoasi tomonidan yaqinda nashr etilgan "Bir so'z...", "2021 fakt va dalillar, mulohaza va munozara, tanqid va tahlil, talqin va xulosalar...", "Biz hayotdan rozimiz" nomli kitoblarning taqdimoti o'tkazildi.
Tabirni O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov ochib berib, so'nggi yillarda "Ishonch" va "Ишонч-Доверие" gazetalari tahririyati kutubxonasi" ruknida kitoblar chop etilishi yaxshi an'anaga aylanganini ta'kidlab o'tdi.
Tadbirda so'z olgan gazeta bosh muharriri Husan Ermatov "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiruvchi 42 ta ayolning Prezidentimizga maktublaridan jamlangan "Biz hayotdan rozimiz" kitobining tayyorlanish jarayonini e'tirof etib o'tdi.
Filologiya fanlari doktori, publitsist ustoz Xurshid Do'stmuhammad "Bir so'z..." kitobida yangi nomlar kashf etilganidan xursandligini aytdi. Tadbirda ishtirok etgan O'zbekiston milliy axborot agentligi raisi Abdusaid Ko'chimov: "Bu nafaqat "Ishonch" ning, balki kasaba uyushmalarining ham muvaffaqiyati. Siyosatshunos Qutratilla Rafiqov esa o'zining maqolalari bilan publitsistikaga yangi nafas olib kirdi. Maqolalar tili oddiy, siyosiy, badiiy va sodda bo'lsa, undagi so'zlar yuki juda og'ir", - deya ta'kidlab o'tdi.