Ishtirokchilari aniqlandi
#Konstitutsiya_
Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazilmoqda.
Test savollariga eng tez va eng koʻp toʻgʻri javob bergan 50 nafar ishtirokchining ijodiy savolga javoblari hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, shundan 10 nafari final bosqichiga yoʻl oldi.
Roʻyxat bilan tanishing: 8-dekabr.adliya.uz/page/results
Eslatib oʻtamiz, final bosqichi bugun — 4-dekabr kuni soat 11:00 da videokonfrensaloqa shaklida boʻlib oʻtadi.
Mazkur bosqichda ishtirokchilar bevosita oʻzlari yashab turgan hududdagi adliya boshqarmasi binosida, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ishtirokchilar esa Adliya vazirligi binosida qatnashadi.
Imtihon jarayonlarini youtube.com/adliya havolasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.