Shoh va shoirga ehtirom
Maktabgacha ta’lim
17 / 02 / 2020
Olmazor tumanidagi 182-maktabgacha ta’lim tashkilotida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Olmazor tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi, “Umid” mahalla fuqorolar yig‘inidan vakillar va ota-onalar qatnashdi.
Tayyorlov guruhi tarbiyachilari Nilufar Ergasheva, Saodat Zokirova va musiqa rahbari Nigora Abdujabborova tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda MTT tayyorlov guruhlari jajji tarbiyalanuvchilari allomaning she’rlari, g‘azallari kuyladi, sahna ko‘rinishini namoyish qilishdi.
Bolajonlar tayyorlagan ijodiy kecha ota-onalarga manzur bo‘dli.