Bog‘chalarga elektron navbatlar 15-oktabrdan yo‘lga qo‘yildi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga elektron navbatlar 15-oktabrdan yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
"Ona-onalar farzandlarining MTTga qabul qilinishi uchun navbatga turishlari va yoʻllanma olishlari mumkin boʻladi
2020-yilning 15-okt abridan eʼtiboran davlat MTTlariga qabul uchun talabnomalarni elektron tarzda yuborish tizimi qayta ishga tushadi. Tizimga kelib tushgan yoʻllanmalarga elektron generatsiya yordamida ishlov berilganidan soʻng, qoʻyidagilarni bajarish lozim:
• Davlat xizmatlari markazi (“Yagona darcha”)da yoʻllanmani olish. Talabnomani my.gov.uz portali orqali yuborgan ota-onalar Davlat xizmatlari markaziga borib oʻtirmay, yoʻllanmani printer orqali bosib chiqarishlari mumkin;
• yoʻllanmani 15 kun davomida MTTga taqdim etib, bola qabulini rasmiylashtirishlari talab etiladi. Belgilangan 15 kun oʻtgach, yoʻllanma muddati bekor qilinadi", deyiladi xabarda.