Sarchashmada bolajonlar uchun yangi maskan
Vatan qayerdan boshlanadi? Vatan uzi nima? Bu so‘zlar har birmizning kundalik hayotimizga uchraydigan dolzarb tushunchamiz bulib qolmoqda, albatta.
Vatanim – bu mening qalbim, mening tug‘ilgan – oilam, tarbiya olgan aziz bog‘cham va menga ta’lim – tarbiya bergan muqaddas maktabimdir.
Aziz yurtdoshlar har birimiz bu yorug dunyoda tinchlik-omonlik ne’matidan rohat farog‘at ila yashayapmiz,demak bu ulug‘ ne’matning qadriga yetishimiz darkor! Bugungi paytlarda
yurtimizda qachadan-qancha bunyodkorlik-obodonchilik ishlari sababli, yurtimizning ko‘rkiga o‘z chiroyini qushib kelmoqda.
Aziz va qadrli yurtdoshlar hozir shu asnodan foydalanib, Shahrisabz tumani, Sarchashma qishlog‘ida yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladigan yangi MTM (maktabgacha ta’lim muassasasi) haqida qisqagina to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Joriy o‘tgan yilning 7-9-fevral kunlari viloyat hokimi Z.Mirzoyevning amaliy tashrifi chog‘ida, Sarchashmada ko‘pdan beri mahalla ahlini qiynab, kelayotgan qator muammolar o‘z joyida samarali hamda ijobiy hal qilindi. Qishloq muommolari qatorida bolalar bog‘chasining mahallaning bir chekkasiga joylashgani dolzarb muammo bo‘lib qoldi. Bolajonlar uzoq 2-3 km dan kuz-qish oylarida loy-qorlarni (ba’zi payt qishloqda 1-1,5 metrgacha qor) kezib qatnar edi.
Mahalla faollari murojaati davomida mahallada yangi 150 o‘rinli bolalar bog‘chasi quriladigan bo‘ldi. Yoz oylarining ilk pallasida qurilish uchun davlat tomonidan 3 mlrd 200 mlndan ortiq mablag‘ ajratildi va amaliy bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi. Qurulishdagi qizg‘in ish, amaliy harakatlar barcha mahalla ahlini ruhlantirdi va har tomonlama jo‘shqin kayfiyat bag‘ishladi.
Qurilish ishining loyihasiga ko‘rsatilishicha qurilish ishi 2-iyundan boshlanib, joriy yil noyabr oyining o‘rtalarida foydalanishga topshirishi belgilab quyilgan. Hademay 2 qavatli maskan tugallash arafasida turmoqda. Bog‘chaning yonlarida esa mini basseyn va o‘yingoh maydonchasi yuqori did va mahorat bilan qurilgan. Ayni paytda esa (bugungi kunda) bog‘cha ichiga tuman markazidan bolajonlar uchun mo‘ljallangan asbob-anjomlar hamda o‘yinchoqlar keltirilib o‘rnatilishi qizg‘in kechmoqda. Yaqin kunlarda tuman hokimi rahbarligi hamda mahalla faollari ishtirokida bog‘chaning ochilish marosimini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Xabaringiz bo‘lsa, 12-13-noyabr kunlari mo‘htaram prezidentimizning Shahrisabz shahridagi amaliy tashriflari so‘zimizni yorqin dalili bo‘la oladi. Rahbarimiz uchrashuv chog‘ida qishloq xo‘jalik sohalariga hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amaliy taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Shular qatorida prezidentimiz 2019-yil 22-oktabrda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuniga asoslanib,unda davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari, hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida ko‘pdan-ko‘p amaliy takliflar ilgari surildi. Butun respublikamizda endilikda yana bir yangilik,bolalar bog‘chasida chet tillarni uqitish barobarida xitoy tilini uqitish ham joriy yetiladigan bo‘ldi.
Sarchashmada bunyod etilgan 150 o‘rinli bolalar bog‘chasi binosi endi mahallaning ko‘rkiga uzgacha chiroy bag‘ishlab turmoqda.
Behzod Namozov, Shaxrisabz tumani Sarchashma qishlog‘i