Non isi
Sergeli tumanidagi “Teremok” nomli 109-maktabgacha ta’lim muassasida Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda muassasa rahbari Aziza Toshmatova so‘zga chiqib, buyuk bobokalonimiz ijodini yosh avlodga tanitish haqida tavsiyalar berdi. Ta’lim muassasa psixologi Nargiza Kurbanova esa Alisher Navoiy o‘z davrining buyuk mutaffakkiri, so‘z ustasi bo‘lishi bilan birga kishilarga yaxshi so‘z bilan ta’sir eta bilish san’atini juda kadrlovchi, ulug‘lovchi shaxs bo‘lganligini ta’kidladi. Navoiy notiklik san’atining buyukligiga alohida e’tibor beradi.
Tadbir davomida guruh rahbarlari Gulfina Askarova va Zuhra Azizova tayorlagan “Non isi” dep nomlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu sahna ko‘rinishida Doniyorjon Azimov, Arslan Salimov, Farzona Boltaboeva, Samiya Rasulova va boshqa tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. Tadbir she’r, kuy-qo‘shik va raqslarga ulanib ketdi. Shu jumladan, bolajonlar o‘zlari yod olgan she’rlari va sahna ko‘rinishlarini maroq bilan ijro etishdi.
Ayniqsa muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan “Non isi” dep nomlangan sahna ko‘rinishlari ota-onalarga katta quvonch bahsh etdi.
Dilshoda AZIMOVA