“Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”
Chilonzor tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 2021-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishda so‘zlagan nutqlari masalasi yuzasidan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga Toshkent davlat iqtisodyot universiteti “Fundamental iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Baxtyor Xajiyev, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi Abduvali Norboyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Dono Boboxonovalar taklif etildi.
Tadbirda yig‘ilganlar Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasidagi quyidagi Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bog‘chalar soni esa 3 barobarga ko‘payib, 14 mingdan oshganligini bildirib o‘tildi.
Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o‘g‘il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga metodik yordam ko‘rsatish muhimligi yuzasidan ishtirokchilar keng ko‘lamdagi tavsiyalar berildi.
“Ma’naviyat soati” yakunida ishtirokchilar qiziqtirgan savollari o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirdilar.