MTTda navoiyxonlik
Maktabgacha ta’lim
11 / 02 / 2021
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 403-maktabgacha ta’lim tashkilotida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlanshgan tadbir o‘tkazildi. Unda MTT tarbiyachlari, jaji bolakaylar va ularning ota onalari ishtirok etdi.
Dastlab kichkintoylarning shirin tilidan Hazrat Navoiy ruboiylari yangradi. So‘ngra Alisher Navoiy g‘azallari asosida yaratilgan qo‘shiqlarga jaji qizaloqlar raqs tushishdi. Ayniqsa, “Husayn Boyqaro va Navoiy”, deb nomlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan bolakaylarga kitoblar hadiya etildi.