O‘zbekistonda 2025-yilgacha 6 yoshdagi bolalar to‘liq maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi
Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga keng ko‘lamda o‘tish maqsadida 2018-2019-o‘quv yili davomida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish bo‘yicha dastlabki loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Dastlabki loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi tuman va shaharlarda tashkil etilgan 494 ta guruhda 11 103 nafar bola yillik majburiy tayyorgarlikdan o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga keng ko‘lamli o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2025-yilda 6 yoshdagi bolalarning 100 foizini maktabgacha ta’lim, shu jumladan, maktabgacha majburiy tayyorgarlik guruhlari bilan qamrab olish rejalashtirilgan.