JAJJI BOG‘BONLAR
Daraxtlar — tabiatning yuragi. Ularsiz butun borliq inqirozga yuz tutishi tayin. Shu sababdan har bir inson uning to‘xtovsiz urib turishiga o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Tabiatga, daraxtlarga muhabbat bolalikdan shakllanadi.
Bu yog‘i bahor yaqin. Biz Maktabgacha ta’lim tashkilotimizda ko‘chat o‘tqazish ishlarini boshlab yubordik. Shu kunlarda MTTmizda “Bir bolaga bir nihol” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tashkilotimiz xodim va tarbiyalanuvchilari birgalikda manzarali, mevali daraxtlar ekyapmiz. Kichikroq bo‘lasa-da issiqxona qilib ukrop, kashnich va boshqa ko‘katlar yetishtirishni boshladik. Asosiy maqsadimiz— kichkintoylarimizda tabiatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, “Yashil makon” loyihasi asosida daraxtlarni ko‘paytirish, toza havoni ta’minlash.
D.ISMATILLAYEVA
Qibray tumanidagi 10-DMTT direktori