“Sogʻlom Pedagog” sport estafetasi o‘kazildi
“ Sogʻlom Pedagog” sp ort estafetasi o‘kazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5924-sonli hamda 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 451-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xalqaro mehnat muhofazasi” kuni munosabati bilan “Sog‘lom pedagog” mavzusi ostida sport estafetasi bo‘lib o‘tdi.
Turli shartlar bo‘yicha qiziqarli o‘tgan mazkur estafetada maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari va ishchi xizmatchilari do‘stona bellashdi.
Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan faol qatnashgan va sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan qatnashchilarga diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
Muxtasar aytganda, kelajagimiz egalariga tarbiyachi-pedagoglar faqatgina ta’lim-tarbiya beribgina qolmasdan, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport musobaqalariga yanada qiziqtirish borasida ham alohida o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.
Zebo MUQUMOVA,
Mirzo Ulug‘bek tumani dagi
451-sonli davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti tarbiyachisi