“Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

5-may “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlangan tadbir maktabgacha ta’lim fakulteti professor o‘qituvchilari Rasulxo‘jayeva Madina Axmadjonovna, Rajapova Zuhra Tirkashevna, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Muhamadaliyeva Mohira hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 104-guruh talabalari, Chilonzor tuman 336-DMTT mudiri Narzullayeva Shahnoza Abdug‘affarovna hamkorligida maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘z oilasini qadrlashga o‘z burchini anglashga qaratilgan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda asosiy maqsad davlat ravnaqi oiladan boshlanishi hamda oila jamiyat negizi kabi tushunchalarni yuksaltirishda bu kabi bayramlarni tashkil etilishi muhim ahamiyatga egadir. Bolalarga ushbu tadbirda fakultet pedagogika fanlari falsafa doktori Rasulxo‘jayeva Madina Axmadjonovna va pedagogika fanlari falsafa doktori Rajapova Zuhra Tirkashevna “Tabiat in’omlaridan narsa - buyum yasash” ruknida mahorat darslarini o‘tkazdilar. Mahorat darsidan o‘rganilgan bu kabi san’at turi bolalarni atrof-tabiatga ekologik axloqiy tushunchalarini shakllantirishga, tabiatni asrash kabi his tuyg‘ularini tarbiyalanishida zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bolajonlar o‘z qo‘llari bilan tabiat ashyolaridan yasagan buyumlarini oiladagi onalariga, otalariga buvi, buvalariga aka- opalariga va ukalariga esdalik uchun sovg‘a qildilar. Albatta, bolajonlar bunday manzaradan o‘zlari ham quvondilar.