.... MENING MADHIYAM...
.... MENING MADHIYAM...
Serquyosh o‘lkada yashash baxtini,
Har tong eslatasan mening madhiyam.
Boshimda balqigan hayot taxtini,
Sevib kuylatasan mening madhiyam.
Dunyo qo‘shiqlari senga bas bo‘lmas,
Miriqib tinglayman mening madhiyam.
So‘zlari kuyiga hamohang ham mos,
Tinglab hyech to‘ymayman mening madhiyam.
Elu yurt maqsadi bo‘lar namoyon,
Senga e'timodim mening madhiyam,
Dalasi, bog‘lari go‘zal bepoyon,
Toza e'tiqodim mening madhiyam.
Elga baxt berasan, berasan najot,
Sen bilan qudratli mening Armiyam.
Sening bilan ko‘rkam, go‘zaldir hayot,
Umrbod jarangla mening Madhiyam!!!
Abdurashid ERGASHEV
Respublimizdagi barcha ustozlarni samimiy muborakbod etaman!