“Qalbimda 5 tashabbus, qo‘limda 5 imkoniyat”
O‘quvchilarning yozgi ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Shayxontohur tumanidagi 324-maktab qoshida “Ma’rifat gulg‘unchalari” nomli sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etildi.
Joriy yilning iyun-iyul oylari davomida faoliyat olib boradigan mazkur maskanda bolalar to‘rt navbatda dam oladilar. Har navbatda 120 nafar bolani qamrab oladigan maydonchada o‘quvchilar qiziqishiga ko‘ra 10 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Qalbimda 5 tashabbus, qo‘limda 5 imkoniyat” shiori ostida dutor, tasviriy san’at, “Yosh informatiklar”, “Javondagi javohir”, “Yosh sportchilar” kabi to‘garaklarda bolalar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Sog‘lomlashtirish oromgohi ochilishida so‘zga chiqqan pedagoglar, ota-onalar yosh avlod ma’naviya-tini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, yozgi ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilganidan mamnun ekanligini ta’kidladi.
B.RIZOQULOV