“Ma’rifat” bilimdoni” tanlovining ilk bosqichi nihoyasiga yetdi
Javoblar bilan tanishing:
1. Xitoy
2. Sut-qatiq ma’nosida.
3. Qalb.
Bizga to‘g‘ri javob yo‘llagan ilk ishtirokchimiz Nosir Sherboyev, Shayxontohur tumanidagi 16-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi. U, va’da qilganimizdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi! Shuningdek, Ruhiddin Rizvonov, Yoqubjon Mustafoqulov, Dilorom Eshmamatova, Dilnoza Boqiyeva, Mirshohid Mirakmalov, Sevara Alimova, Saida Samatova, Sevara Ne’matullayeva, Jauhar Kuandikova, Humoyun Ergashev, Kamolot Rahimova, Ozoda Ro‘ziqulova, Nafosat Qurbonova, Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi kabi ishtirokchilarimiz ikkita savolga to‘g‘ri javob yo‘llashgan.
Eslatma. Gazetamizga kelgan ba’zi javoblar mualliflarining ism-familiyalari keltirilmagan. Hurmatli ishtirokchilar, savollarga javob yo‘llayotganingizda, albatta, ism-familiyangizni va ish joyingizni to‘liq yozishni unutmang!
Navbatdagi savollar bilan tanishing:
1. “Agarjonni magarjonga uylantirsang, koshki degan bola tug‘iladi”. Ushbu maqol kimlarga nisbatan ishlatiladi?
2. Odam tug‘ilgandan to umrining oxiriga qadar o‘smaydigan a’zosi qaysi?
3. Dunyodagi eng uzun muhofaza devori Avstraliyada bo‘lib, uning balandligi 2 metrni, uzunligi 5530 kilometrni tashkil etadi. Ushbu devor nimani muhofaza qiladi?
Javoblarni info@marifat.uz elektron manziliga “Ma’rifat” bilimdoni” tanloviga deb ko‘rsatgan holda 25-fevralga qadar jo‘nating!