“Bibliobus”lar qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatadi
Namangan shahrida joylashgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi 100 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi loyiha ishlab chiqqani haqida avval xabar bergan edik.
Agentlikning maʼlum qilishicha, kelgusida loyiha doirasida boshqa ishlar ham amalga oshiriladi. Jumladan:
— kutubxona yonida shinam kitob savdo markazi tashkil etiladi;
— viloyatning chekka mahalla va ovullari aholisi, ayniqsa, yoshlar mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida Agentlik tomonidan maxsus jihozlangan “Bibliobus” yoʻlga qoʻyiladi.
“Bibliobus”lar ham kutubxona, ham kitob doʻkoni sifatida sayyor xizmat koʻrsatadi. Uning yordamida oʻquvchilar kutubxonaga emas, kutubxona oʻquvchilar oldiga boradi.