“Ma’rifat” kitobxoni” tanlovi
“Ma’rifat” kitobxoni” tanloviga kelayotgan xat-xabarlar o‘quvchilar orasida kitobxon o‘g‘il-qizlar ko‘pligidan dalolat bermoqda. Bundan juda xursandmiz. Chunki mutolaaga oshna bolaning dunyoqarashi keng, tafakkuri teran bo‘ladi. Fevral oyida o‘qishga tavsiya etilgan “Oq kema” asari haqida kitobxon o‘quvchilarning fikr-mulohazalari bitilgan maktublar bilan tanishgach, bunga yana bir bor amin bo‘ldik. Jumladan, Zomin tumanidagi 6-maktab o‘quvchisi Sevara Norboyeva, G‘allaorol tumanidagi 26-maktab o‘quvchisi E’zoza Eronboyeva, Termiz tumanidagi 9-maktab o‘quvchisi Gulinor Xolmurodova, Jizzax shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Muxlisa Toshpo‘latova hamda Uchko‘prik tumanidan Gulhayo Husanovaning bitiklarida asar qahramonlari, ularning murakkab hayoti haqida o‘ziga xos fikrlash tarzini kuzatdik. Gazetamizning kelgusi sonida eng yaxshi insholar bilan tanishib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.
Mart oyida “Besh bolali yigitcha” (Xudoyberdi To‘xtaboyev) asarini o‘qish tavsiya etiladi. U haqidagi fikr-mulohazalaringizni, mutolaa taassurotlarini info@marifat.uz elektron manziliga ism-familiyangiz, o‘qish joyingizni yozib, suratingiz bilan birga yuborishni unutmang!