Kitob bayrami bolalarni chorladi
Toshkent shahri bo‘ylab “Navro‘z” kitob bayrami xayriya aksiyasi o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan aksiya davomida noshirlar va kitob savdosi tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, noshirlik sohasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi mavzularda ko‘rgazma, bahs-munozaralar tashkil etilyapti. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga kitob sovg‘a qilinmoqda.
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish markazida bemor bolalarga 300 ga yaqin bepul badiiy kitob ulashildi. Shuningdek, turli istirohat bog‘larida kitob yarmarkalari, Yoshlar ijod saroyida taniqli shoir, yozuvchi va olimlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mansur YUNUS